Afg‘onistonda koronavirus aniqlangan bemorlar soni keskin oshdi
- 30.04.2020 14:56
- 408
- COVID-19
Afg‘onistonda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ikki ming nafardash oshdi. Mamlakatda so‘nggi kecha-kunduzda 232 nafar yangi kasallanish holati qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich Afg‘onistonga kasallik kirib kelganidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rstkich ekanligi mamlakatning TOLO News telekanali tomonidan aytildi.
Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Vaxidull Mayyaraning so‘zlariga ko‘ra, 30 aprel holatiga kasallanganlarning umumiy soni 2171 nafarga yetdi. Eng ko‘p kasallanganlar mamlakat poytaxti Qobulda aniqlangan (573 nafar). Koronavirus oqibatida mamlakat bo‘ylab 64 nafar bemor vafot etgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa