Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 500 nafardan oshdi
- 10.04.2020 16:00
- 72
- Xorij
Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 521 nafarga yetdi. Mamlakatda so‘nggi kecha-kunduzda 37 nafar yangi kasallanish holati aniqlandi. Bu haqda 10 aprel kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotda qayd etilishicha, eng ko‘p - 16 nafar yangi kasallanish holati Qobulda qayd etilgan. Bundan tashqari, Qandahor, Logar, Daykundi va Taxar viloyatlarida ham yangi kasallanganlar aniqlangan. Mamlakatda koronavirus infeksiyasidan 16 nafar bemor vafot etgan va 32 nafar bemor sog‘aygan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ibratli hikoya: “General” oqsoqol (Haydovchi hangomasi)
- 53 daqiqa avval
- Mutolaa
Dunyo stomatologlari Samarqandga keldi
- Kecha, 14:37
- Ta’lim