Afg‘onistonda portlash natijasida sakkiz politsiyachi va bir askar halok bo‘ldi
- 01.07.2021 16:18
- 62
- Xorij

Afg‘onistonning g‘arbiy qismidagi Hirot viloyatida sodir bo‘lgan portlashda sakkiz politsiya xodimi va bitta askar halok bo‘ldi, deya xabar beradi RIA Novostiga xavfsizlik kuchlari manbasi.
Xabarlarga ko‘ra, portlash politsiya qarorgohi hududida sodir bo‘lgan. Portlovchi vosita mashinaga joylashtirilgan bo‘lgan.
Afg‘onistonda qishloqlardagi muhim hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarda hujumlar amalga oshirayotgan tolibonlar va hukumat harbiy kuchlari o‘rtasida ziddiyatlar tobora avj olmoqda. Milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab terrorchilikka qarshi operatsiyalar o‘tkazmoqda.
Vaholanki, 2020 yil 12 sentyabr kuni Qatar poytaxtida Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" radikal harakati o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlangan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tarjimon diplomatiyani ham o‘rganadi
- 38 daqiqa avval
- Sayohat
O‘quvchilar darsdan qochsa, kimga chora ko‘riladi?
- 38 daqiqa avval
- Ta’lim
Bryusseldan Samarqandgacha
- Kecha, 19:05
- Siyosat