Afg‘onistonda tolibonlar Tojikiston bilan chegaradosh postni egallab oldi
- 28.06.2021 10:38
- 276
- Xorij
Afg‘onistonning Balx viloyati Kaldor tumani "Ukchuk" chegara punktiga tolibonlar hujumi natijasida 17 ta davlat xizmatchisi Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘ldi, deya xabar berdi Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot markazi RIA Novostiga.
"Mahalliy vaqt bilan soat 12:50 (Toshkent vaqti bilan 13:50) gacha davom etgan shiddatli to‘qnashuv natijasida 17 davlat xizmatchisi hayot va shaxsiy tarkibini saqlab qolish uchun «Shahritus» chegara otryadining 1-posti orqali Tojikistonga chekinishga majbur bo‘ldi", deya ma’lum qildi agentlik.
Tojik chegarachilari insonparvarlik va qo‘shnichilik tamoyillarini inobatga olgan holda davlat chegarasini buzgan afg‘on harbiylariga o‘z hududlariga kirishga ruxsat berishdi.
"Chegara hududida vaziyat keskinligicha qolmoqda, tolibonlar va Afg‘oniston hukumat kuchlari o‘rtasida jangovar harakatlar davom etmoqda", deyiladi xabarda.