Afg‘onistonda toshqindan 150 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston sharqidagi Nuriston viloyatida yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida 40 dan 150 gacha odam halok bo‘ldi, deya xabar berdi mahalliy telekanallar.

Ariana News xabar berishicha, toshqin Qamdish mintaqasidagi Meherdish qishlog‘ida tunda sodir bo‘lgan. Kamida 40 kishi toshqin qurboni bo‘ldi - ularning jasadi topilgan. Kuchli suv oqimlari 100 ga yaqin uy va chorva mollarini oqizib ketdi.

O‘z navbatida, 1TV News telekanali viloyat kengashi rahbari Saydulla Nuristoniy ma’lumotiga binoan tunda toshqin natijasida 150 ga yaqin odam vafot etgani haqida xabar berdi.