Afg‘onistonda uyushtirilgan portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston janubidagi Gilmend viloyatida joylashgan bozorlardan biridan uyushtirilgan portlash oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, “Tolibon” (O‘zbekistonda taqiqlangan) terrorchilik harakati nazoratida bo‘lgan Sangin hududida qo‘lbola portlash uskunasi harakatga keltirilgan.

Tolibonlar vakili Zabiulla Mujohid bomba portlatilganini inkor qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorda askarlar tomonidan otishma uyushtirilgan va buning oqibatida bir nechta tinch aholi halok bo‘lgan va jarohatlangan.