Afg‘onistondagi qurolli hujum oqibatida jarohat olgan o‘zbekistonlik davolanmoqda

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahri yaqinidagi temir yo‘l qo‘riqchilariga hujum uyushtirilgani haqida xabar berilgan edi.

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hujum oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik jarohatlangan, ikki nafar afg‘onistonlik halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hujum oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonlik – «So‘g‘diyona trans» korxonasining koordinatsiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Termiz shahridagi kasalxonaga yetkazilgan.

«So‘g‘diyona trans» korxonasi ishchi-xodimlarini ish joyiga olib ketish uchun kelgan mas’ullar Hayraton ishchilar yashash bazasidan chiqishganda hujumga uchragan.