Afg‘onistonga ham insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, 1 aprel kuni koronavirus tarqalishining oldini olishda ko‘mak berish maqsadida Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi, deya xabar qildi O‘zA.

Tibbiy niqoblar, himoya kombinezonlari, kasallikni aniqlashga yordam beradigan teplovizor, pirometrlar, un, yog‘, guruch, xo‘jalik sovuni, shuningdek, afg‘on bolalari uchun kiyim-kechak mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuki “Angren — Toshkent — Termiz — Mozori-Sharif” yo‘nalishi bo‘ylab jo‘nab ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni O‘zbekiston Qirg‘izistonga ham koronavirusga qarshi kurashishda yordamlashish uchun insonparvarlik yordami yubordi.