Afg‘onistonlik futbolchi qizlar Portugaliyaga qochdi
Yosh futbolchi qizlar - Afg‘oniston yoshlar terma jamoasi a’zolari bir necha hafta mobaynida sport karerasi va taqdiri uchun jaholat va qo‘rquvda yashadi. Ular mamlakatni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarni kutishdi.
Yaqinda 26 sportchi va ularning oila a’zolari bo‘lgan samolyot Lissabonga qo‘ndi. Portugaliya hukumati ularga boshpana berdi.
"Ular bardosh, kuch va matonat ko‘rsatgani, u yerda qolgan ayollar va boshqa sportchilarni himoya qilishganidan xursandman. Ha, hozir futbolchilar xavfsiz joyda. Lekin Afg‘oniston ularning qalbida abadiy qoladi. Ular Vatan taqdiri uchun doimo qayg‘urishadi", deydi Afg‘oniston ayollar terma jamoasi sardori Farxunda Muxtaj.
Avvalroq, Afg‘onistonda hukumat tepasiga kelgan tolibonlar ayollarga maktab va universitetlarda o‘qish imkoniyatini va’da qilib, sport bilan shug‘ullanishni taqiqlagan edi. Ammo tez orada ularning huquqlarini cheklash uchun yana bir qadam tashlandi: mamlakatda xotin-qizlar ishlari vazirligi tugatilib, uning o‘rniga "Fazilatni targ‘ib qilish va illatlar oldini olish vazirligi" tashkil etildi.