Afrikada 200 dan ortiq baliqchi noma’lum kasallik bilan kasallandi
- 21.11.2020 14:10
- 162
- Xorij

Senegalda 200 dan ortiq baliqchi ehtimol Atlantik okeanida yuqtirib olgan noma’lum kasallik bilan kasallandi. Bu haqda Sud Quotidien nashri xabar berdi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, bemorlar tanasi toshma bilan qoplanib, qattiq qichishish kuzatilmoqda. Bundan tashqari, ular lab shishi va ko‘z yallig‘lanishidan shikoyat qilmoqda. Afrikaning Senegal davlati hukumati ehtimoliy kasallik yuqishi qayd etilgan Dakar atrofidagi suv havzasida vaqtinchalik baliq ovlashga taqiq joriy etdi. Tahlil o‘tkazish uchun u yerdan suv namunalari olindi.
Qayd etilishicha, ehtimoliy kasallik yuqtirilgan joydan uzoq bo‘lmagan hududda sirkoniy (kimyoviy unsur) qazib olish ishlari olib boriladi. Bundan tashqari, havza qirg‘og‘ida kimyoviy ishlab chiqarish zavodlari mavjud. U yerdagi kimyoviy chiqindilar quvurlar orqali okeanga tushgan bo‘lishi mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 1 soat avval
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 1 soat avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 1 soat avval
- Mutolaa