Afruza – shaxmat taxtasining haqiqiy malikasi
- 31.01.2025 16:46
- 104
- Sport
Samarqand shahrida shaxmat bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamovani taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda chempion qizning ota-onasi, ustozlari va u tahsil olayotgan maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbirda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov chempionning tirishqoqligi hamda intiluvchanligini alohbda e’tirof etib, uning ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildirdi.
Afruza va ota-onasiga Samarqand shahar hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida chempion havaskor shaxmatchilar va shaxmatga qiziquvchi yoshlar bilan shaxmat o‘ynadi va mahorat darsi o‘tdi.
Teglar:
Shaxmat
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandga 11 oyda 8,5 millondan ziyod sayyoh keldi
- 38 daqiqa avval
- Sayohat
Yerga mehr berganlar – el e’zozida
- 42 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi