Afsonaga aylangan tulporlar
Afsona va ertaklarda tuyog‘idan o‘t chaqnaydigan tulporlar haqida ko‘p gapiriladi. Haqiqatan ham real hayotda ana shunday otlar bor. Bular Amerika yovvoyi mustanglaridir.
Ammo bu qit’ada ularni ispanlar olib kelmaguncha hech qanday otlar bo‘lmagan. Yevropadan keltirilgan otlar yangi joyning sharoitiga moslashib, mutlaqo afsonaviy qiyofa kasb etgan: uchqur, baquvvat, o‘ta chidamli tulporlarga aylangan. Biroq hindular hech qachon mustanglarni minishmagan. Ularni yegulikdan boshqaga yaramaydi, deb suyib, go‘shtini tanovul qilishgan.
Nyuton olmasi
Tarixda Nyuton boshiga tushgan olmani olim o‘zi o‘ylab topgan deb kelinadi. Lekin aslida boshqacha bo‘lgan.
Isaak Nyutonning hikoya qilishicha, voqea uning yoshligida, hali Kembrjda o‘qib yurganida sodir bo‘lgan ekan. Shaharda vabo tarqalibdi. Hamma qatori talabalar ham ofatdan uzoqroqqa chiqarib yuborilibdi. Nyuton ham uyiga qaytib yolg‘iz o‘zi tahsil bilan mashg‘ul bo‘lishiga to‘g‘ri kelibdi. Isaak hech kim xalaqit bermasligi uchun olmazorga borib dars tayyorlashga kelibdi. Biroq kuz bo‘lgani uchun g‘arq pishgan olmalar boshiga to‘kilaverib, uning fikrini chalg‘itaveribdi. Ammo bu hodisa bo‘lajak olimga butun olam tortilishi qonuni ustida jiddiy o‘ylashga turtki beribdi.
Morze alifbosi
Haqiqatni bilib kulishingiz tayin. Gap shundaki, bu ixtiro Samuel Morzega emas, uning oshnasi va safdoshi Jozef Genri Alfred Veylga tegishli ekan.
To‘g‘ri, Morze allaqanday xabarlarni masofaga uzatadigan telegraf ixtiro qilgani bilan maqtansa arziydi. Xabarlarni uzun va qisqa shaklda uzatish ham qisman Morzega tegishli. Biroq xabarlarni to‘laqonli alfavitda ifodalash Jozef Veylning xizmati.
T.Shomurodov tayyorladi.