Xalqqa yaqin bo‘lgan hokim bilan kutilmagan uchrashuv

Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida ketayotib, yo‘lda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning piyoda yurganini ko‘rib qoldim.

Maddohlikni chetga surgan holda alohida ta’kidlab o‘taman: hokim judayam samimiy va sodda inson ekan. Yo‘lda ancha gaplashib ketdik. O‘zlarining maslahatlarini ham berdilar.

Bu bilan nima demoqchiman: gap selfida emas, gap hokimning xalqqa yaqin bo‘lish maqsadida ko‘chada oddiy insondek ishga piyoda ketishida va yo‘lovchilar bilan samimiy suhbat qurishida.

Boshqa hokimlarimizdan ham kutib qolamiz. Qani qaysi hokim bu an’anani davom ettirar ekan. Zora birorta hokimni avtobusda ko‘rib qolishsa...

Azamat Toshboyev.