Aliment to‘lovi ustida kelib chiqqan janjalda er sobiq xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Qashqadaryo viloyatida aliment nizosi yuzasidan qotillik sodir etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 8 sentyabr kuni soat 01:00 larda fuqaro T.E. (1979 yil tug‘ilgan) Nishon tumani «Istiqbol» mahallasida yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘i T.P. (1981 y.t.) bilan aliment pullari nizosi bo‘yicha o‘zaro janjallashib, qo‘llari bilan bug‘ib, sobiq turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan T.E.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.