Alisher Navoiy ko‘chasida olib borilayotgan ishlar muhokama etildi

Bugun viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida bir guruh viloyat va shahar mutasaddilari Samarqand shahridagi Alisher Navoiy ko‘chasida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlarini joyida muhokama qildi.

Muhokama davomida obodonlashtirish ishlarini sifatli bajarish, yashil burchaklarni ko‘paytirish, ushbu hududda irrigatsiya va sug‘orish tizimlarini yangilashga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, mazkur ko‘chada olib borilayotgan qurilish-bundyokorlik ishlari jarayonida ko‘chaninng tarixiy qiyofasiga zarar yetkazmaslik, biror bir daraxt kesilmasligi haqida alohida ko‘rsatma berildi.

Binolarning tashqi qiyofasi, mazkur hududda aholi dam olishi uchun qulayliklar yaratish borasida har bir ob’yekt bo‘yicha loyihachi-arxitektorlar fikri tinglandi. Olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlarining belgilangan loyiha doirasida borilishi hamda belgilangan muddatda yakuniga yetkazish masalasi ham muhokama markazida bo‘ldi.

Yakunda ikki haftadan so‘ng olib borilayotgan ishlar yana bir bora muhokama etilishi belgilandi.