Amazoniya tropiklarida alsgeymer kasalligiga qarshi vosita topildi

Madridning Kompolutense universiteti olimlari Amazonka tropik mintaqasida aholi tomonidan tarkibida yangi neyronlar, shuningdek, yordamchi hujayralar - astrotsit va oligodendrotsit hosil qila oluvchi o‘simliklardan tayyorlangan “ayaxuaska” damlamasini o‘rganishdi.

Ushbu damlama tarkibidagi moddalar bedavo alsgeymer kasalligiga davo bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Tadqiqot «Translational Psychiatry»da nashr etildi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, miya qayishqoqligini modulyasiyalash qobiliyati shuni ko‘rsatadiki, “dimetiltriptamin” (DMT)ni ruhiy va nevrologik kasalliklarga qarshi kurashuvchi dorilar qatoriga kiritish mumkin. Buni sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar tasdiqlaydi.
Ma’lumki, alsgeymer kabi neyrodegenerativ kasalliklarda neyronlar o‘ladi. Ammo tarkibida DMT mavjud dorilar organizmda yangi neyronlarni yaratishda yordam beradi.