Amir Temurning archadan yasalgan tobuti qayerda?
- 12.04.2019 10:28
- 627
- Madaniyat
Bugun Samarqand shahrida Fransiyadagi Temuriylar tarixi va san’atini o‘rganish assotsiatsiyasi tashkil etilganligining 30 yillligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbir doirasida bugun shahardagi O‘zbekiston madaniyati tarixi muzeyida Amir Temur maqbarasining o‘rganilish tarixidan deb nomlangan ko‘rgazma rejalashtirilgan.
Ko‘rgazmada noyob eksponat – Amir Temurning archadan yasalgan tobuti namoyish etiladi. Ushbu tobut 1941 yilda Amir Temur maqbarasidagi qazishmalarda topilgan. Namlik tufayli ancha yemirilgan tobutni 1975 yilda arxeologiya instituti ta’mirlovchisi, kimyo fanlari nomzodi Sharif Ilxamov ta’mirlagan. Shuningdek, ushbu ko‘rgazmalarga Samarqand me’moriy obidalariga oid rangli koshinlar, noyob qo‘lyozmalar va temuriylar davrida yaratilgan boshqa noyob eksponatlar ham qo‘yilgan.