Amsterdamdagi tartibsizlik: 200 dan ziyod kishi hibsga olindi
- 25.01.2021 17:02
- 51
- Xorij
Amsterdamda hukumatning COVID-19 ga qarshi choralariga qarshi namoyishlarida ro‘y bergan tartibsizliklar oqibatida kamida 200 kishi hibsga olingan, deya ma’lum qildi shahar politsiyasi.
Avvalroq NL Times xabar berganidek, Niderlandiya poytaxti va Eyndxoven politsiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun kuch ishlatgan. Xavfsizlik kuchlari suv purkagich va tayoqlardan, Eyndxovenda esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan.
NOC telekanali xabar qilganidek, komendantlik soati soat 21:00 da (Toshkent vaqti bilan 01.00) boshlangandan so‘ng, o‘nta aholi punktida tartibsizliklar boshlandi. Joylarda politsiyaning maxsus bo‘linmalari joylashtirildi. Xelmond shahrida bir necha o‘nlab yoshlar to‘plandi, namoyishchilar xavfsizlik kuchlariga petard va toshlar otishdi. Venloda noma’lum shaxslar do‘konlar derazalarini sindirishdi, bir qator shaharlarda namoyishchilar tomonidan o‘t qo‘yildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa