Andijondagi rahbarlarni tanqid qilgan jurnalistni o‘ldirish bilan qo‘rqitishyapti…

Jurnalist Xurshid Daliyev Andijon rahbarlarini tanqid ostiga olgach, ismi-sharifini sir tutgan kimsa uni o‘ldirish bilan qo‘rqita boshladi. Bu qo‘rqitishlarni u ham telefon qo‘ng‘irog‘i, ham SMS xabar orqali amalga oshirmoqda. Daliyevning o‘zi tan olib aytishicha, bu qo‘rqitishlar 13 avgustdan beri to‘xtagani yo‘q. Jurnalist respublika bosh prokuraturasiga himoya so‘rab murojaat etgan. Bosh prokuratura ishni Namangan huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillariga o‘tkazgan. Ammo Namangandagi huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari hanuz himoya qilishga shoshilishmayapti ekan. Chunki u kimsaning ismi-sharifi sir tutilgan bo‘lsa-da, telefon raqami bor. Raqam orqali allaqachon uni topib jazoga tortishi mumkinligi ta’kidlab o‘tilgan. Jurnalist esa o‘zi va oilasining hayoti uchun qattiq qayg‘urayotganligi bayon qilingan.