Angliya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro M.Q. fuqaro T.Sh.ning o‘g‘li va yaqin qarindoshini Angliya davlatiga ishga yuborish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 3 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 800 AQSh dollarni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.