Anqara kurdlardan Suriyaning uchta shahrini tark etishni talab qilmoqda
Anqara “Suriya demokratik kuchlari” (SDF)ning kurd tuzilmalaridan Aleppo provinsiyasidagi uchta shaharni tark etishni talab qilmoqda, deya xabar bermoqda “Al-Jazira” telekanali Turkiya rasmiy manbalariga tayanib.
“Anqara Suriya demokratik kuchlarini Manbij, Ayn al-Arab va Tell-Rifatdan olib chiqib ketishni talab qilmoqda”, deyiladi telekanal manbalari.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya Suriya davlat hukumati muassasalarini ushbu shaharlarga qaytarishga rozi.
Manbalarga ko‘ra, Rossiya tomoni Anqara talablarini qondirish va harbiy operatsiyadan qochishga harakat qilmoqda. Telekanal suhbatdoshlari Turkiya o‘z talablarini bajarish uchun muddat berganini ham ta’kidladi.
Avvalroq OAV Anqara Suriyada quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlikni yakunlagani haqida xabar bergan edi. Endi qurolli kuchlar faqat Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning qarorini kutmoqda.
20 noyabrdan beri Suriya shimolida Turkiya taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasining Suriya qanotiga qarshi havo operatsiyasini o‘tkazmoqda. Kobani shahri, shuningdek, Iroq shimolidagi hududlarga zarbalar berilgan. Erdo‘g‘on operatsiyani muvaffaqiyatli deb atadi va uning ortidan quruqlikdagi operatsiya bo‘lishini istisno etmadi.