Aprel oyidan buyon qidiruvda bo‘lgan urgutlik shaxs ushlandi

Samarqand viloyati IIB tomonidan 2009 yil 8 apreldan qidiruvda bo‘lgan, oilali, muqaddam sudlanmagan, Urgut tumani Jartepa mahallasida yashagan, 1983 yilda tug‘ilgan H.J. Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi, deb xabar bermoqda IIV axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar natijasida 2019 yil 27 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida «Novosibirsk–Toshkent» aviareysida uchib kelgan vaqtida ushlandi.