AQSh davlat departamenti koronavirusning laboratoriyada vujudga kelganligini tasdiqlovchi dalilga ega emas
- 23.04.2020 20:13
- 114
- COVID-19
AQSh davlat departamentining razvedka va o‘rganish byurosi koronavirusning sun’iy ishlab chiqilganligini isbotlavchi dalilga ega emas, deya xabar berdi byuro rahbari va AQSh bosh kotibining yordamchisi Ellen Makkarti.
“Bu bizning nuqtai nazarimiz – dunyoning barcha olimlari koronavirusning genetik tizimini o‘rganib chiqdi. Uning dasturlanganini yoki qandaydir yo‘llar bilan ishlab chiqilganini isbotlovchi dalil mavjud emas”, deb ta’kidladi Makkarti.
Oldinroq, AQSh qurolli kuchlarining birlashgan qo‘mitalari shtab rahbarlari raisi, general Mark Milli, AQSh mudofaa vazirligidagilar koronavirusning laboratoriyalarda paydo bo‘lganligiga shubha bildirayotganlarini va uni tabiiy sharoitda vujudga kelganligi to‘g‘risidagi farazlar ko‘proq haqiqatga yaqinroq ekanligini ma’lum qilgan edi.