AQSh emlanganlarga eshiklarini ochadi

Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari AQShning emlangan chet elliklarni mamlakatga kiritish cheklovlarini tez orada bekor qilish haqidagi qarorini olqishladi. Kirish taqiqlari Amerika hukumati tomonidan pandemiya boshlanganda kiritilgan va u ikki tomonlama Atlantikada ommaviy emlash boshlanishi bilan ham davom etdi.

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki shunday deydi: “Noyabr oyi boshida koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida AQShga keluvchilar uchun qat’iy choralar joriy qilamiz. Bizning asosiy talabimiz - bizga kelganlar to‘liq emlangan bo‘lishi kerak”.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Tvitterda Vashington qarori biznes va savdoni o‘sishiga turtki bo‘ladi, deb yozdi. “Qolaversa, eski do‘stlar nihoyat birlashsa, bu ajoyib-da”, dedi u.

Ammo hozircha tomonlar ko‘plab texnik tafsilotlarni hal qilishi kerak. Masalan, Buyuk Britaniyada voyaga yetmaganlarga vaksinaning faqat bitta dozasi qilinadi - bu AQShda to‘liq himoya sifatida qabul qilinadimi? AQShda rasman tasdiqlanmagan AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan ko‘plab yevropalik va boshqalar nima bo‘ladi?

Vashington mamlakatga chet elliklarni qabul qilish siyosatini keskin o‘zgartirishi yaqinda Fransiya bilan yuz bergan janjaldan keyin yarashish harakati ekanini inkor etdi.