AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etmoqda
- 01.08.2020 17:40
- 122
- Xorij

AQSh Eronga qarshi yadro, raketa va islom respublikasining boshqa harbiy dasturlari uchun ishlatiladigan metall va boshqa xomashyolar yetkazib berishni cheklovchi yangi sanksiyalar joriy etmoqda. Bu haqda 31 iyul kuni AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi.
“Bugun Davlat departamenti Eronning yadro, harbiy yoki ballistik raketalar dasturi uchun qo‘llaniladigan 22 turdagi metallni aniqladi. Kimlar ushbu xomashyolarni Eronga yetkazib bersa, (AQSh) qonunning 1245 moddasi asosida sanksiyaga tushadi”, deya ta’kidladi Pompeo.
Davlat kotibining fikriga ko‘ra, Eronning yadro, ballistik yoki harbiy dasturi xalqaro tinchlik va xavfsizlikka jiddiy xavf soladi.
Bundan tashqari, Eronga qurilish mahsulotlari yetkazib berish ham taqiqlandi. AQSh rasmiylarining fikriga ko‘ra, Islom inqilobi himoyasi korpusi (IIHK) mamlakatdagi qurilish sohasini nazorat qiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo