AQSh prezidentlik saylovlari natijalarini aniq bashorat qiluvchi professor navbatdagi taxminni ilgari surdi
AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp yaqinlashib kelayotgan saylovlarda qayta saylana olmaydi, uning o‘rnini demokratlar vakili Jozef Bayden egallaydi. Tarix fanlari professori Allan Lixtman shunday taxmin qilganini The New York Times nashri ma’lum qildi.
Lixtman muntazam ravishda o‘zi ishlab chiqqan tizim asosida AQSh prezidentlik saylovlari natijalarini bashorat qiladi. U 1984 yildan buyon bor yo‘g‘i bir marta 2000 yilda adashgan, o‘shanda demokrat Albert Gor emas kichik Jorj Bush g‘alaba qozongan edi. Lixtman 2016 yilda Tramp g‘alabasini ham aniq taxmin qilgan.
AQSh prezidentligiga saylovlar joriy yilning 3 noyabr sanasida o‘tkaziladi. Mamlakatning sobiq Bosh vaziri Jozef Bayden amaldagi prezident Donald Trampning asosiy raqibi bo‘lib qolmoqda. Fox News telekanali o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, Bayden uchun 49 foiz, Tramp uchun 41 foiz saylovchi ovoz berishga tayyor.