AQSh Senati Trampning impichmentini konstitutsiyaviy deb tan oldi
AQSh Senati AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga nisbatan impichment jarayonining konstitutsiyaga muvofiqligini tan oldi, deb xabar beradi «RIA Novosti» ovoz berish natijalariga asoslanib.
Hammasi bo‘lib, ovoz berish natijalariga ko‘ra, 56 senator impichment protsedurasi mamlakatning asosiy qonunchiligiga muvofiq ekanligini tasdiqladi, 44 deputat qarshi chiqdi. Jarayon bugun, 10 fevral kuni davom etadi.
Shu bilan birga, qarshi ovoz bergan respublikachilar Trampni oqlashga erishish niyatida ekanliklarini aytishdi. Sobiq prezident impichmenti uchun Senatda 67 ovoz zarur.
14 yanvar kuni AQSh Vakillik palatasi Vashingtondagi tartibsizliklar uchun Trampga impichment berish uchun ovoz bergandi. Keyingi ovoz berish Trampni lavozimidan chetlashtirishga qaratilgan ikkinchi urinish bo‘ldi. Demokratlarning Trampga impichment e’lon qilish qarori, jumladan, jarayon tugagandan so‘ng u prezidentlikka nomzodini ko‘rsata olmasligi uchun harakatdir.
AQShda birinchi marta prezidentlik muddati tugashi bilan mamlakat rahbarini lavozimidan chetlashtirishga urinilmoqda.