AQSh shimoli-sharqidagi toshqinlar qurbonlari 45 kishiga yetdi

AQSh shimoli-sharqida "Ida" bo‘roni oqibatida sodir bo‘lgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari qurbonlari soni 45 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda CNN mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib.
Avvalroq 29 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

23 kishining hayotiga zomin bo‘lgan ofatdan Nyu-Jersi shtati eng ko‘p zarar ko‘rdi. Nyu-York shtatida 15 kishi bo‘ron qurboni bo‘ldi. Pensilvaniya shtati rasmiylari kamida besh nafar mahalliy aholi halok bo‘lganini tasdiqladi. Merilend va Konnektikutda ham qurbonlar bor.

Avval xabar berganimizdek, 26 avgust kuni bo‘ron poytaxt hududini, Pensilvaniya, Nyu-Jersi va Nyu-Yorkni qamrab oldi. AQShning Sharqiy sohilida kuchli davomli yomg‘ir yog‘di. Mahalliy telekanallar ko‘chalar va uylarni suv bosgani, daryo bo‘yidan toshgani tasvirlarini namoyish etdi. Odamlar evakuatsiya qilinmoqda.

Shtat gubernatori Keti Xokkulning so‘zlariga ko‘ra, prezident Jo Bayden tabiiy ofat bilan kurashish uchun har qanday yordam ko‘rsatishga va’da bergan. Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida favqulodda holat e’lon qilingan.