AQSh va Janubiy Koreya KXDRga javob qaytardi

Shimoliy Koreya sinovlariga javoban Janubiy Koreya va AQSh Yaponiya dengizi yo‘nalishi bo‘yicha to‘rtta raketasini uchirish orqali qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi.

Xabar qilinishicha, to‘rtta raketaning uchtasi o‘z nishoniga yetgan. "Hyunmoo-2" ballistik raketasi Janubiy Koreyaning Kannin shahri yaqinida uchirilganidan so‘ng bazaga kelib tushdi.

Yonhap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa uchish vaqtida dvigatel yonib ketgan va jangovar kallak portlamagan. Hech qanday zarar ko‘rilmagan.

Janubiy Koreya harbiylari portlamay, kallagi turar-joy binosidan 700 metr uzoqlikda qulagan ballistik raketaning muvaffaqiyatsiz uchirilishi uchun uzr so‘radi. “Mahalliy aholi va mamlakat fuqarolariga hech narsa tushuntirilmagani va xavotirga tushganidan juda xijolatdaman”, dedi Shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbari Kim Sin Gyom.

Seshanba kuni Janubiy Koreya harbiylari Pxenyan o‘rta masofaga uchuvchi raketani sinovdan o‘tkazgani haqida xabar bergan edi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, uchish ertalab shimoliy Chagan viloyatidagi Mupen-ri shahridan sodir bo‘lgan. U Yaponiya ustidan 4,6 ming kilometr masofani bosib o‘tgan va Tinch okeaniga qulagan.

Shimoliy Koreya payshanba kuni Yapon dengiziga yana ikkita qisqa masofali ballistik raketa uchirgani xabar qilingandi.

O‘z navbatida, AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild Pxenyanga qarshi sanksiyalar rejimini kuchaytirishga, qarshi sanksiyalarni yumshatish masalasini ko‘rib chiqmaslikka chaqirdi.