AQSh va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy urush tufayli jahon iqtisodiyoti 850 milliard dollar yo‘qotadi

2020 yil boshida jahon iqtisodiyoti AQSh va Xitoy o‘rtasida yuzaga kelgan iqtisodiy urush tufayli 850 milliard dollar yo‘qotadi. Bu haqda Reuters AQSh Federal zahirasi tizimi ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.

Agentlikning fikriga ko‘ra, savdo siyosatining noaniqligi “1970 yildan beri misli ko‘rilmagan darajaga yetdi”. Bundan tashqari, mazkur vujudga kelgan holat butun dunyo yalpi ichki mahsulotiga (YaIM) 1 foiz ziyon keltiradi.

Oldinroq, AQSh va Xitoy muzokaralarining yangilanishiga kelishib olishgani  haqida xabar berilgandi.