Xitoy yuanining AQSh dollariga nisbatan qiymati so‘nggi 11 yillikning eng past darajasiga tushdi
Dushanba kuni Xitoy yuani qiymati dollarga nisbatan so‘nggi 11 yillikning eng past darajasiga tushib ketdi, Xitoy - AQSh savdo urushi keskinlashuvi natijasida dunyo iqtisodiyoti katta zarar ko‘rmoqda. Bu haqda Human xabar bermoqda.
AQSh dollariga nisbatan Xitoy yuani 0,6% ga tushib, 1 AQSh dollari uchun 7,15 qiymatga teng bo‘ldi, bu 2008 yil fevral oyidan buyon kuzatilgan eng zaif ko‘rsatkich va oyning eng katta bir kunlik pasayishi hisoblanadi.
Juma kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoyning 550 milliard AQSh dollari miqdordagi tovarlariga qo‘shimcha haq to‘lashni e’lon qildi, bir necha soat o‘tgach, Xitoy 75 milliard AQSh dollari miqdoridagi AQSh tovarlariga boj e’lon qildi.
Yangi bojlar Xitoyning iqtisodiy o‘sishiga ta’siri sezilarli bo‘lishi va Xitoyning iqtisodiy o‘sishi kelgusi yilda 6% dan ancha past bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.