AQShda otishma ro‘y berdi

Indiana shtatidagi Indianapolisda besh kishi otishma qurboni bo‘ldi, deb xabar bermoqda NBC Nyews mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib.

Telekanalning xabar berishicha, politsiya o‘qotar qurol bilan yaralangan birinchi jabrlanuvchini mahalliy vaqt bilan soat 4:00 da shaharning shimoli-sharqiy qismida topdi. Keyinchalik, shu yaqin o‘rtada boshqa jasadlar topilgan. Ular ichida homilador ayol ham bo‘lgan. U zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan. Biroq shunga qaramay vafot etgan.

Shahar meri Jo Xogsettning aytishicha, jinoyat ommaviy qotillik xususiyatiga ega. Yomoni, sodir bo‘lgan otishma shaharga "vahima" olib keldi.

O‘z navbatida, politsiya boshlig‘i Rendal Teylor qotillar va qurbonlar o‘rtasidagi qanday aloqa borligi o‘rganilayotganini aytdi. Hujum qilganlar bir nechta bo‘lganligi ehtimol qilinmoqda. Uning ta’kidlashicha, voqea tasodif emas. Hujum qurbonlarining ism-shariflari oshkor qilinmayapti, qotillik sababi ham noma’lum qolmoqda.