AQShda o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi
- 23.07.2019 10:25
- 249
- Xorij

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.
2019 yil 17 iyul kuni Ogayo shtatining Kenfild shahrida O‘zbekiston fuqarosi A.N. yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etgan.
Xabarda keltirilishicha, vafot etgan shaxs yaqinlariga marhum jasadini vatanga jo‘natishda yordam berish uchun mahalliy hokimiyat organlari tomonidan berilgan hujjatlar asosida Bosh konsulxona tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan va boshqa kerakli jarayonlarni amalga oshirgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va yaqinlariga ta’ziya izhor etgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
SamATI talabalari Germaniyada amaliyot o‘tamoqda
- Kecha, 13:48
- Ta’lim
Ekologik korrupsiya nima?
- 26/07, 14:40
- Samarqand