AQShda so‘nggi kecha-kunduzda 52,2 mingdan ortiq koronavirus holati qayd etildi

Yangi turdagi koronavirus infeksiyasi bilan bir kecha-kunduzlik kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha AQShda mutlaq rekord natija qayd etildi. Jons Xopkins universiteti olib borgan hisob-kitobga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi kecha-kunduzda 52 291 nafar koronavirus holati qayd etilgan.

Shuningdek, universitet AQShda 3 iyul holatiga jami 2 739 879 nafar koronavirus infeksiyasiga chalinganlar qayd etilgani, 128 ming odam COVID-19 infeksiyasi tufayli vafot etgani va 781 ming nafar bemor tuzalgani haqida ma’lum qildi.

P.S. Jons Xopkins universiteti hisoboti bilan JSST bergan ma’lumot biroz farqlanishi mumkin. AQShda Jons Xopkins universiteti bergan ma’lumotlar rasmiy ma’lumot sifatida qabul qilinadi.