AQShda Xitoy yetakchisi Si Szinpin “Stalin o‘rinbosari”, deb ataldi

AQSh Prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Robert O‘Brayen Xitoy rahbari Si Szinpinni Iosif Stalinning o‘rinbosari, deya atadi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.

“Xitoy kommunistik partiyasi marksizm-leninizm partiya hisoblanadi. Xitoy partiyasining Bosh kotibi Si Szinpin o‘zini Iosif Stalin o‘rinbosari o‘rnida ko‘radi”, deya ta’kidladi Amerika Prezidenti maslahatchisi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Xitoy dunyoni o‘zining foydasiga o‘zgartirmoqchi bo‘layotganiga jim qarab turolmaydi. Aks holda Vashington o‘lkan xatoga yo‘l qo‘yadi.
Biroz oldin AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyni AQShdagi namoyishlardan foydalanishga o‘rinishda ayblagan edi.

“Xitoy kommunistik partiyasining Jorj Floydning fojiali o‘limidan o‘zining toshbag‘ir siyosiy foydasi yo‘lida foydalanishga urinishi bekor ketadi”, deya ta’kidlagan edi davlat kotibi.