AQShning 12 shtati Baydenga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi

12 shtat ma’muriyati AQSh prezidenti Jo Baydenning xalq salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi farmoni uchun sudga da’vo bilan murojaat qildi. Shtatlar vakillari davlat rahbarining qarorlari aholi uchun katta mablag‘ sarflanishini keltirib chiqaradi, deb hisoblashadi. Bu haqda The Hill xabar berdi.

Da’vo respublikachilar partiyasi boshchiligidagi shtatlar tomonidan berilgan: Missuri shtatining bosh prokurori Erik Shmitt uni sudga yuborgan va Arkanzas, Arizona, Indiana, Kanzas, Montana, Nebraska, Ogayo, Oklaxoma, Janubiy Karolina, Tennessi va Yuta hukumati bunday qadamni qo‘llab-quvvatlagan.

Avvalo, da’vo mualliflari Bayden farmonida mavjud bo‘lgan go‘yo issiqxona gazlari tashlanishi zarari jamiyatga 9,5 trillion dollarga tushishini tanqid qilishmoqda.

"Bular qishloq xo‘jaligida, elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki iste’mol qilishda, shuningdek boshqa har qanday iqtisodiy faoliyatda tartibga solishning o‘ta kuchayishini asoslash uchun yetarlicha katta mablag‘", deyishdi ular demokratik hukumat amerikaliklar hayotining ko‘p jihatlariga aralashishidan xavfsirab.

Fevral oyida Qo‘shma Shtatlar rasman Parijdagi iqlim kelishuviga qaytgani ma’lum bo‘ldi. Bayden hukumati kelgusi yillarda atmosferani bulg‘ashni keskin qisqartirishga va’da berdi. Mamlakat ilgari sobiq davlat rahbari Donald Tramp tomonidan kelishuvdan chiqarilgan edi.