AQShdagi shifoxonada otishma sodir bo‘ldi, 5 kishi vafot etdi
- 02.06.2022 09:49
- 132
- Xorij
Ikki hafta avval Qo‘shma shtatlarda 18 yashar yigit qurol bilan maktabga hujum qilib bir nafar o‘qituvchi va 20 ga yaqin o‘quvchini jarohatlagan va o‘zi politsiya tomonidan otib o‘ldirilgandi.
Kecha AQShning Oklaxoma shtatidagi shifoxonada sodir etilgan otishma ham shunday yakun topdi. Voqea Avliyo Fransisk kasalxonasi korpuslaridan birida mahalliy vaqt bilan 1 iyun kuni 17:00 da yuz bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, otishmada 5 kishi, shu jumladan, o‘qotarning o‘zi halok bo‘lgan. Yana bir necha kishi jarohatlangan, ammo ularning aniq soni hozircha ma’lum emas.
Huquq-tartibot organlari xodimlari ma’lumotiga ko‘ra, otishma sodir etgan shaxs 35-40 yoshlarda bo‘lgan. Voqea joyida uning yonidan vintovka va to‘pponcha topilgan.