AQShning yirik shaharlari merlari Trampga qarshi chiqdi

Amerikaning o‘ndan ortiq yirik shaharlari merlari Prezident Donald Tramp tomonidan norozilik va tartibsizliklar bilan qurshab olingan shaharlarda tartib o‘rnatish uchun yuborilgan xavfsizlik kuchlarining harakatlariga qarshilik bildirdi va vaziyatni nazoratga olishlarini so‘rab Kongressga murojaat qilishdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Parlamentga topshirilgan hujjatga Portlend, Sietl, Atlanta, Chikago, Vashington, Boston, Filadelfiya, Denvera, Los-Anjeles, San-Xose, Oklend, Takson, Sakramento, Finiks va Kanzas-siti merlari o‘z imzolarini qo‘ydilar. Ular ichki xavfsizlik va adliya departamenti maxsus bo‘linmalari Tramp tomonidan mahalliy hokimiyat vakillari roziligisiz va asosan siyosiy maqsadlarda yuborilganidan shikoyat qildi.

Shuningdek, ular davom etayotgan norozilik namoyishlari asosan tinch o‘tayotganini, Tramp tomonidan shaharni namoyishchilardan “tozalashga” o‘rinish esa AQSh fuqarolarining asosiy konstitutsiyaviy huquqlari buzilishi ekanligini ta’kidladi. Shu sababdan merlar zudlik bilan Kongress tomonidan prezident va uning ma’muriyatiga nisbatan tekshiruvlar o‘tkazilishini talab qilmoqda.
Bundan tashqari, shahar merlari Adliya va Ichki xavfsizlik vazirligiga qo‘l ostidagi xavfsizlik kuchlarini ortga chaqirib olishlarini talab qilib alohida xat yuborishgan.