Ariq bo‘yidagi mushtlashuv uchun jinoyat ishi ochildi
Joriy yilning 13 iyul kuni soat 01:00 da Uchqo‘rg‘on tumani Oqtovlik mahallasida joylashgan “Jang” arig‘ida 27 yoshli D.A. spirtli ichimlikdan mast holatda cho‘milayotgan vaqtida ushbu ariq oldida joylashgan xonadonda yashovchi 50 yoshli K.K. chiqib, D.A.ga yarim kechasi mast holatda yashash xonadoni oldida cho‘milmasligini aytgan. D.A. haqorat qilgan holda K.K.ning yuzi va bosh qismiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda K.K. tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan va sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u bosh miya yopiq shikasti, bosh miya og‘ir darajali lat yeyishi va qon quyilishi, bosh miya o‘ng yarim shari o‘tkir gigromasi kabi tan jarohatlari olganligi, bu esa “og‘ir” tan jarohatlariga kirishi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, holat yuzasidan A.D.ga nisbatan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.