Asalari dunyodagi eng kerakli hasharot sifatida tan olindi
Olimlar asalarilarni sayyoramizdagi eng muhim hasharotlar deb hisoblashadi. Buning sababi shundaki, ular asal va mum beradi, o‘simliklarning changlanishida ishtirok etadi, o‘simlik va hatto hayvonlarning ozuqa miqdoriga ta’sir qiladi.
Ular sonining kamayishi nimaga olib kelishi mumkin?
Ushbu hasharotlar populyasiyasining kamayishi tufayli biz yong‘oq, sabzavot va mevalardan, uy hayvonlari esa odatdagi ozuqadan mahrum bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Darhaqiqat, ko‘p mamlakatlarda qushlar va hayvonlar yong‘oq chig‘anoqlari va po‘stlar bilan oziqlanadi va ozuqa miqdori to‘g‘ridan-to‘g‘ri mavsum davomida shu yong‘oqlarning hosiliga bog‘liq. Agar asalarilar o‘z vaqtida yong‘oq daraxtlarini changlatmasa, ularda hosildorlik darajasi pasayadi. Demak, uy hayvonlari va qushlar populyasiyasida tabiiy ravishda pasayish bo‘ladi.
Ekologlarning bayonoti
“Yer kuzatuvchilari” tashkiloti ekologlari sayyora ekotizimidagi asalarilarning ahamiyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi va tinglovchilar e’tiboriga asalarilarning ayrim turlari hozirda qirilib ketishi xavfi ostida bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritilgani va bu ofatning ko‘lami to‘g‘risida chuqur o‘ylashga chaqirdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, asalarilarning ba’zi turlari tabiiy jarayonlar va odamlar tomonidan ishlatiladigan zararli hasharotlarga qarshi moddalarning qo‘llanilishi, yer sharidagi iqlim zonalarining o‘zgarishi, yerdagi o‘simliklar sonining kamaytirilishi tufayli barqaror ravishda kamayib bormoqda. Asalarilar inson tanasini kislorod bilan to‘ydirishga yordam beradi. Chunki bu mehnatsevar hasharotlar o‘simliklarni changlatadi, ular esa kislorod ishlab chiqaradi.
Asalarilar to‘g‘risida qiziqarli ma’lumot
Bitta ari bir parvozida 40-50 mg. nektar olib kelishga qodir. Biroq asalari uyasiga qaytayotib o‘zi ham ushbu gulshira bilan oziqlanadi. Axir u ham biror joydan kuch olishi kerak-ku!? Agar uzoq payt uchishga to‘g‘ri kelsa, u yiqqanidan atigi 30-40 foizini olib keladi.
Asalarilar o‘simlik 15 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lsa ham, nektari bor gulni muvaffaqiyatli his qila oladi.
Uyga boradigan yo‘lni topish uchun asalarilar qo‘yoshga qarab harakatlanadi. U uyasidan qanchalik uzoqqqa uchmasin, doim orqaga qaytish yo‘lini topa oladi.
Gulshira borligi to‘g‘risida boshqa asalarilarga aytib berish uchun u maxsus raqsga tushib “qabiladoshlar”ini chaqiradi.
Ona asalari (asalarilar malikasi) jel va asal bilan oziqlanadi va ishchi asalarilarga qaraganda 32 baravar uzoqroq yashaydi.
Asalarilar ayiqlar singari qishki uyquga ketadi.
Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.