Attestatsiyadan o‘tmagan bog‘cha rahbari, xodimlari, tuman va shahar MTB metodistlariga chora ko‘riladi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish rejasiga ko‘ra, 2020-2025 yillarda 8187 ta, jumladan, 2020 yilda 1911 ta MTTlar attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Yangi tartib bo‘yicha attestatsiyadan “shartli o‘tdi”, degan tushuncha bo‘lmaydi. Attestatsiyadan o‘tmagan MTTning nafaqat rahbariga nisbatan, balki kamchilikka yo‘l qo‘ygan, o‘z ustida ishlamagan pedagog xodimlariga hamda tuman (shahar) MTB metodistlari va boshqa mas’ul xodimlarga nisbatan chora ko‘riladi.