Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshimiz

Har yili 25 noyabr dunyoning ko‘plab davlatlarida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni sifatida nishonlanadi. Viloyat bojxona boshqarmasida adliya boshqarmasi hamkorligida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Unda viloyat bojxona boshqarmasi xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi F.Ismatova, adliya boshqarmasi mas’ul xodimi M.Amirov va boshqalar bugungi kunda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Hukumat tomonidan qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritdi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.