Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga savolingiz bormi?

Joriy yilning 7 avgustida Paxtachi tumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan hududlarda fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotni kengaytirish, aholi muammolarini o‘rganish va bandlikka ko‘maklashish maqsadida ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi.

Qabul tumanning Xumor qo‘rg‘onidagi Shamsnazar mahalla fuqarolar yig‘inida soat 9.00 da boshlanadi.

Samarqand viloyati bandlik bosh boshqarmasi.