Bank kartalariga endilikda uyga yetkazib berish xizmati bilan onlayn buyurtma berish mumkin
«Kapitalbank» Samarqand filiali VISA va UZCARD turdagi plastik kartalarga masofadan turib buyurtma qabul qilgan holda, tayyor bo‘lgan plastik kartalarni uyga yetkazib berishni boshladi (HUMO tizimi kartalarini emissiya qilish qurilmasi filialga keltirilgach, ushbu turdagi kartalar uchun ham mazkur xizmat turi joriy etiladi).
Ushbu funksiya «Kapitalbank»ning Apelsin mobil ilovasiga qo‘shilgan. Endilikda har qanday, hatto «Kapitalbank»ning mijozi bo‘lmagan fuqarolar ham o‘z telefoniga Apelsin’ni yuklab olishi va «Kapitalbank»ning bank kartasiga buyurtma berishi mumkin.
Karta Samarqand shahri hududi bo‘ylab fuqarolarning uy manziliga kurer orqali yetkazib beriladi.
Hozirgi vaqtda bu funksiyadan «Android» uchun mo‘ljallangan mobil ilova orqali foydalanish mumkin. «iPhone» lar uchun yangilangan Apelsin esa ikki haftada chiqariladi.
Shuningdek, plastik karta yoki omonat hisobraqamidagi mablag‘larni ko‘chirish bo‘yicha faqat bank bo‘limiga borib bajarish lozim bo‘lgan to‘lovlarni endilikda «rekvizitlar bo‘yicha to‘lov» funksiyasi yordamida amalga oshirish mumkin. Ya’ni, pullarni tashkilot hisobvarag‘iga bevosita smartfon orqali – bankka bormasdan o‘tkazish imkoniyati mavjud. To‘lov amalga oshirilgach, ilova sizga mablag‘lar o‘tkazilganligini tasdiqlovchi raqamli memorial orderni beradi.
«Rekvizitlar bo‘yicha to‘lov» xizmati mutlaqo bepul.
Apelsin’ning «Kapitalbank» mijozlari hisoblanadigan, verifikatsiya qilingan foydalanuvchilari ushbu funksiyadan foydalanishlari mumkin.
Hali «Kapitalbank»ning mijozlariga aylanmagan kishilar uchun esa oddiy tavsiya: istalgan «Kapitalbank» kartasiga onlayn buyurtma bering va uni uyingizda qabul qilib oling.
Siz endi – bank mijozisiz, yangi kartani Apelsin’ga ulash orqali ilovaning barcha funksiyalaridan foydalana olasiz.
Apelsin ilovani yuklab oling!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun,
Samarqand filiali bank kartalari bilan ishlash bo‘limi: 78 210-00-57
Kontakt-sentr: (71) 200-15-15(71) 200-45-45.