Bayden ko‘p qavatli uy qulaganidan keyin Florida shtatida favqulodda vaziyat e’lon qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden ko‘p qavatli uyning qulashi sababli qutqaruv ishlari olib borilayotgan Florida shtatida favqulodda holat e’lon qildi.
"Prezident farmoni Milliy xavfsizlik vazirligi va Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligiga ushbu sharoitda mahalliy aholi qiyinchiligini yengillashtirish uchun tabiiy ofatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishga vakolat berdi", deyiladi Oq uy bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Mayami (Florida) hududining bir qismi bo‘lgan Surfsayd shahrida ko‘p qavatli bino qisman qulab tushdi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, unda joylashgan 130 xonadonning qariyb yarmi vayron bo‘lgan va voqea sodir bo‘lgan joyga 80 dan ortiq qutqaruv guruhlari yuborilgan. Xabarlarga ko‘ra, kamida 3 kishi halok bo‘lgan, 9 kishi jarohat olgan. 40 ga yaqin odam qutqarilgan, 99 kishining qayerdaligi noma’lum bo‘lib qolayotganini aytilmoqda.