Belarus Ichki ishlar vazirligi Svetlana Tixanovskaya qidiruvga berilganini tasdiqladi
- 09.10.2020 08:47
- 143
- Xorij
Belarus Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Olga Chemodanova RIA Novosti nashriga, muxolifatchi va mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Belarus va Rossiya hududlari bo‘ylab davlatlararo qidiruvga berilganini tasdiqladi.
7 oktyabr kuni Rossiya IIV Tixanovskayani qidiruvga bergan edi. Advokat Dmitriy Agranovskiyning ma’lum qilishicha, bu ittifoq davlat (Rossiya va Belarus) doirasidagi odatiy jinoiy-huquqiy amaliyot. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Belarus o‘z fuqarolarini qidirish uchun Rossiyaga murojaat qilgan birinchi holat emas. Ba’zida Rossiya ham Belarusga shunday murojaatlar qilib turadi.
“Unga nisbatan (Tixanovskaya) davlatlararo qidiruv e’lon qilindi, tasdiqlayman. Biroq aynan qaysi ish bo‘yicha ekanligini, Belarus Respublikasi tergov qo‘mitasidan aniqlashtiringlar”, dedi Belarus Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa