Belarus OAV: Belarus muxolifatchisi Kolesnikova Ukraina chegarasini kesib o‘tayotgan vaqtida hibsga olingan
Belarus muxolifatining muvofiqlashtirish kengashi a’zosi Mariya Kolesnikovani o‘g‘irlab ketilgan, degan xabarlar tarqalgandi. Uning Ukraina chegarasida qo‘lga olinganligini RIA Novosti Belteleradiokompaniyasi tarkibiga kiruvchi teleyangiliklar agentligi bergan xabarga tayanib ma’lum qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Kolesnikova bilan taxminan birga bo‘lgan muxolifatchilar – Ivan Kravsov va Anton Rodnenkov Ukraina hududiga o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lishgan. Ularni qidirish ishlari Ukraina bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
7 sentyabr kuni uch nafar muvofiqlashtirish kengashi a’zolari aloqaga chiqmay qo‘yishgani haqida xabar qilindi. Ulardan biri Mariya Kolesnikova Minsk marazida o‘g‘irlab ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng Belarus IIV va davlat nazorati qo‘mitasi uning hibsga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotga ega emasliklarini bayon qildi. Belarus Davlat xavfsizligi qo‘mitasi (DXQ) matbuot xizmati vaziyat yuzasidan hech qanday izoh bermadi.