Belarus: “Odamlar faqatgina bir narsani istashmoqda: Lukashenko ketsin!”

Yevropaning turli hududlarida Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarining rasmiy natijasidan norozilik bo‘yicha fikr va namoyishlar bo‘lib turibdi.

Xususan, Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy Yevropa Ittifoqi tomonidan Belarusga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni yetarli emas deb hisoblashini va Polsha hukumati joriy etilgan cheklovlarni kengaytirilishini talab qilishini ma’lum qildi, deya xabar beradi radiosputnik.ria.ru.

- Biz sanksiyalar Aleksandr Lukashenko tomonidan jiddiy qabul qilinishini xohlaymiz. Shu sababdan 20 yoki 30 kishini Yevropa Ittifoqi hududiga kirishini cheklash – bu nihoyatda kam”, - dedi u.

26 avgust kuni esa Ukraina poytaxti Kiyev shahrida belaruslarlarini qo‘llab va ushbu mamlakatda o‘tkazilgan prezident saylovlarining rasmiy natijalariga qarshi ommaviy namoyish bo‘lib o‘tdi, deb yozadi mk.ru.

Yevropa maydonidagi Ukraina uyi yonidan bo‘lib o‘tgan namoyishda o‘nlab ukrainaliklar va Ukraina deputatlari ishtirok etdi. Namoyishchilarning bir qancha tutatkichlar yoqishganini aytmasa, tartibsizliklar kuzatilmadi.

ria.ru ning yozishicha, Belarus prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovlarda asosiy nomzodlardan biri bo‘lgan Svetlana Tixanovskaya respublikada bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlari kuchsizlanmaganini va muxolifat tarafdorlari oxirigacha borishlarini ta’kidladi.

“Namoyishlar kuchsizlanmadi, ular davom etmoqda. Albatta, hafta davomida qayerdadir biroz pasayish kuzatilishi mumkin, biroq odamlar maqsadi susaytgan emas. Buning asosiy sababi shundaki, odamlar sobiq prezidentni (Aleksandr Lukashenko) ortiq qabul qila olmaydilar, ular unga bo‘lgan ishonchni yo‘qotdilar, biz g‘alabaga erishmaguncha qaytmaymiz”, - dedi Tixanovskaya 27 avgust kuni “Exo Moskvi” radiostudiyasida. 

Shu bilan birga siyosatchi, namoyishlar tinch va tartibsizliklarsiz o‘tishiga va’da berdi. “Odamlar faqatgina bir narsani istashmoqda: Lukashenko ketsin, biz bunga tinch namoyishlar orqali erishamiz”, deya alohida ta’kidladi u.