Belarus prezidentligiga nomzodlar aniq bo‘ldi

Belarus Markaziy saylov komissiyasi (MSK) mamlakat prezidentligiga nomzod siyosatchilar ism-sharifini ma’lum qildi. Belarus MSK rahbari Lidiya Yermoshina bergan ma’lumotga ko‘ra, saylovda 7 nafar nomzod ishtirok etadi.

“Saylovda ishtirok etishni istovchi yetti nafar nomzod qoldi. Ushbu nomzodlar tarafdorlari tomonidan yig‘ilgan imzolarni hududiy komissiyaga taqdim etdilar. Imzolar soni qancha ekanligini bilmayman. Buni o‘n kun davomida olib boriladigan tekshiruv aniqlaydi”, deya ta’kidladi Yermoshina RIA Novostiga bergan intervyusida.

Belarusning amaldagi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, “Belgazprombank”ning sobiq rahbari Viktor Babariko, yuqori texnologiyalar Parki ma’muriyati sobiq rahbari va Belarusning AQShdagi sobiq elchisi Valeriy Sepkalo, “Haqiqatni so‘zla” jamotchilik birlashmasi rahbarlaridan biri Andrey Dmitriyev, Belarus sotsial-demokratik “Gramadasi” rahbari Sergey Cherechen, sobiq deputat Anna Kanopatskaya, shuningdek, belaruslik videobloger Sergey Tixonovning rafiqasi Svetlana prezidentlik uchun kurash olib boradi.

20 iyun kuni nomzodlardan biri Viktor Barabikoga nisbatan “Belgazprombank ishi” bo‘yicha ayblov e’lon qilingani ma’lum bo‘ldi.

Belarus prezidentligi uchun navbatdagi saylovlar 9 avgust kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.