Belarus “Ukraina rangli inqilob ssenariysi” takrorlanishidan qutulib qoldi
- 03.09.2020 07:30
- 290
- Xorij
Mamlakatdagi ziddiyat sekin pasaymoqda. Bu haqda 2 sentyabr kuni Belarus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey ma’lum qildi.
“Bugungi kunda biz birinchi navbatda, ichki va tashqi bosimga javob qaytarishimizga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan birga ikkinchisi birinchisiga ta’sir ko‘rsatadi. Shunga qaramasdan, biz birinchi bosimdan o‘tib oldik va Belarusda tashqaridan tashkillashtirilgan “Ukraina rangli inqilob ssenariysi” rivojlanishiga yo‘l qo‘ymadik”, dedi Maykey RF TIV Sergey Lavrov bilan olib borilgan muzokaralar chog‘ida.
“Bugungi kunda, ma’lum darajadagi siyosiy to‘qnashuvlar kuzatilmoqda. Ammo aytish joizki, uning darajasi va undagi ziddiyatlar ancha pasaygan”, qo‘shimcha qildi u.
Teglar:
Belarus
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa